G‘ijduvon tumanida yo‘l qurilishi sababli 4 tup manzarali daraxt qo‘porib tashlangani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 50 mln so‘mlik zarar etgan. Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi rahbariga 400 tup daraxt ekish va uni parvarishlash majburiyati yuklandi.
Dehqonobod tumanida 6 tup archa tagidan, 11 tup archaning esa yon shoxlari kesib tashlangani uchun o‘rmon qo‘riqchisiga 3,3 mln so‘m jarima qo‘llandi. Tabiatga 18 mln so‘mlik zarar yetkazilgan.
Shahrisabz tumanidagi Tanxozdaryo irmog‘ida Qizil kitobga kiritilgan 27 dona Amudaryo gulbaliqlari noqonuniy ovlangani aniqlandi.
Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzurida Turizm qo‘mitasi tashkil etildi. Unga Umid Shadiyev rahbarlik qiladi.
Jasur Salixov yangi tashkil etilgan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University)ga rektor etib tayinlandi. U bunga qadar Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti prorektori lavozimida faoliyat yuritgan.
O‘zbekistonda yilning birinchi yarmida 2 mingdan ortiq daraxt va butalarni noqonuniy kesish holatlari aniqlandi. Tabiatga yetkazilgan zarar 3,6 mlrd so‘mni tashkil etmoqda.
Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida fuqaro 113,5 kg baliqni noqonuniy ovladi. Tabiatga 178,5 mln so‘m zarar yetgan. Hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etish uchun tayyorlanmoqda.
Qoraqalpog‘istonning Beruniy davlat o‘rmon xo‘jaligi uchastkasida 2 ta Buxoro bug‘usining jasadi topildi. Ular brakonerlar tuzog‘iga tushib qolishi oqibatida halok bo‘lgan. Holat bo‘yicha gumonlangan 3 kishi qo‘lga olindi.
Prezidentning 2019-yildagi topshirig‘i bo‘yicha qurilishi belgilangan Ohangarondagi yangi maishiy chiqindi poligoni yil oxiriga qadar ishga tushadi. 30 gektardan iborat maydonda metan gaz yig‘uvchi quvurlar va chiqindi suyuqliklarini tortuvchi nasoslar bo‘lishi hisobiga yerga zarar yetmasligi va’da qilinmoqda.
Qorovulbozor tumanida reyd o‘tkazayotgan tuman Ekologiya bo‘limi boshlig‘i Mirali Hojiyev xizmat vaqtida yaralandi. Unga hududda noqonuniy ov qilayotgan brakoner o‘q uzdi. Hozirda inspektorning ahvoli yaxshi, brakonerlar ushlanib, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida fuqaro uyida to‘qqizta bo‘z echkiemar va beshta O‘rta Osiyo cho‘l toshbaqasini qonunga xilof ravishda saqlayotgani, ulardan biri nobud bo‘lgani aniqlandi. Shuningdek, u ikki ilonni o‘ldirib, hovlisiga osib qo‘ygan. Tabiatga yetkazilgan zarar salkam 51,5 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Ekologiya vazirligi poytaxt va Toshkent viloyatidagi noqonuniy chiqindixonalarga 25 ta kamera o‘rnatdi. Yana 200 tasi o‘rnatilmoqda, keyin esa ular butun mamlakatni qamrab oladi (jami 1000 ga yaqin kameralar bo‘ladi). Vazirlik maishiy va qurilish chiqindilarini noqonuniy tashlaganlik uchun jarimalarni eslatdi.
Yengil atletikachi Andrey Kulikov Orol dengizining qurigan tubi bo‘ylab marafon masofasini 4 soatu 9 daqiqada bosib o‘tdi. Bunday yugurish birinchi marta bo‘lib o‘tdi. “Orol dengizi ekologik fojiasining halokatli ko‘lamini chinakam his qilish uchun bu yerga tashrif buyurish kerak”, — dedi u.
Kasbi tumanida fuqaro Qizil kitobga kiritilgan 43 bosh bo‘z echkemarni o‘ldirib, terisini shilib olgani aniqlandi. Bundan tashqari, uning uyida bo‘lgan yana 20 bosh jonivor Muborak tumanidagi cho‘lga qo‘yib yuborildi.
Qo‘shko‘pir tumanida 83 tup har xil kattalikdagi daraxtni qo‘porgan va 3 tup daraxtga shikast yetkazgan ferma raisining ozodligi 2 yilga cheklandi. Shuningdek, 193,8 mln so‘m miqdorida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zararni ham qoplashi belgilandi.
Ekologiya vazirligi “Surxon” davlat qo‘riqxonasida noyob turdagi morxo‘r va Buxoro tog‘ qo‘ylarining birgalikda yurgan kadrlarini e’lon qildi.
Obidjon Qudratov qayta nomlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi rahbariga birinchi o‘rinbosar, Jusipbek Kazbekov esa o‘rinbosar etib tayinlandi.
Qonunchilik palatasi deputatlari Aziz Abduhakimov nomzodini ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri lavozimiga ma’qulladi.
Uzun tumanida fuqaro xonadonida noyob turdagi kiyik va uning bolasini saqlab kelayotgani aniqlandi. Jonivorlar Termiz hayvonot bog‘iga topshirilib, ularning hududga qanday kelib qolgani o‘rganilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting